Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston chegarasidagi muammolar sababli deputatlar YeOIIga aloqador masalalarni muhokama qilishni istamadi
Deputatlar YeOIIga aloqador beshta qonun loyihasini ko‘rib chiqishi lozim edi.
Qozog‘iston Jogorku Keneshining xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi YeOII bo‘yicha masalalar muhokamasini kun tartibidan chiqarib tashladi.
Deputat Kanibek Imanaliyev qirg‘iz-qozoq chegarasidagi muammolar haqida ma'lum qildi va hukumatga ittifoq kotibiyatiga zudlik bilan nota yo‘llashni taklif qildi.
«Yuk furalari Qozog‘iston bilan chegarada uch kundan beri turibdi. Qo‘mitaga Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi xalqaro faoliyatga aloqador barcha masalalarni kun tartibidan olib tashlashni taklif qilaman», — dedi u.
Hamkasblari Kanibek Imanaliyevni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
Qo‘mita YeOIIga aloqador beshta qonun loyihasini ko‘rib chiqishi lozim edi.
Mavzuga oid
19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025