Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 5 bemor qoldi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Namangan va Samarqandda 11 bemor tuzalib, O‘zbekistonda jami tuzalganlar soni 2919 nafarga yetgani haqida xabar berdi.
Foto: Rahmonjon Mamadaliyev
Namangan viloyatida 4 nafar, Samarqand viloyatida esa 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Namanganda shu vaqtgacha kasallik qayd etilgan 260 kishidan 4 nafari vafot etgan, 251 nafari tuzalgan. Endilikda shifoxonada 5 nafar qolmoqda va ushbu viloyat koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga yaqinlashdi.
Samarqand viloyatida esa jami kasallik aniqlanganlar 363 nafar bo‘lib, shu vaqtgacha sog‘ayganlar soni 299 nafarga yetgan, 2 bemor vafot etgan. Ayni paytda davolanayotganlar soni 62 nafarni tashkil etmoqda.
Shunday qilib, hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 2919 nafarni tashkil etmoqda.
Hozirda shifoxonalarda 835 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021