Jahon | 23:28 / 04.06.2020
12157
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda oxirgi kunlar koronavirus jadal tarqalmoqda

Eronda so‘nggi sutkada koronavirusga 3574 kishi chalindi, bu esa mamlakatda virus tarqalishi boshlangan 19 fevraldan beri rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Foto: Getty Images

Eron sog‘liqni saqlash vaziri Kianush Jahonpurning ta'kidlashicha, oxirgi bir kun ichida koronavirusdan 59 kishi vafot etgan va koronavirus qurbonlari soni umumiy hisobda 8071 nafarga yetgan.  

Shuningdek, kasallanganlar soni 164270 nafarga yetgan, 127485 kishi sog‘ayib ketgan.

2 iyunda Eronda 2 oydan ko‘proq vaqt ichida birinchi marta koronavirusga chalinish soni bir kun ichida 3 mingdan ko‘proqni tashkil qilgan. Avvalgi marta bunday ko‘rsatkich 30 mart kuni qayd qilingan va 3186 tani tashkil qilgan edi.

Aprel oxirida Eronda virus tarqalishi kamayayotgani ma'lum qilingandi. O‘shanda bir oydan ko‘proq vaqt ichida birinchi marta virusga chalinganlar soni ming nafardan kamroqni tashkil qilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid