Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish bo‘ladi
Aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 08:00 dan 17:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.
Bugun Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish bo‘ladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 4 iyun kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga qarashli «Podshobog‘», «Oltintepa», «Olmachi» mahallalaridagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli 35/6 kVli «Parkent» nimstansiyasida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 08:00 dan 17:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» mazkur ta'mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
08:55 / 12.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi
16:51 / 24.04.2025
Toshkentda kamera yo‘q xonada bolani urgan bog‘cha xodimi ishdan olindi
11:37 / 22.04.2025