Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiya davrida muammoga duch kelgan tadbirkorlarga bepul maslahat beruvchi Biznes-klinika ishlamoqda
BMT Taraqqiyot dasturi va Savdo-sanoat palatasi hamkorlikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari uchun may oyidan Biznes-klinika loyihasini ishga tushirdi. Tadbirkorlar 1094 ishonch qisqa raqamiga soat 9:00dan 18:00gacha qo‘ng‘iroq qilib, bepul konsultatsiya olishi mumkin.
Pandemiya tufayli yuzaga kelayotgan inqirozning iqtisodiy oqibatlarini yumshatish maqsadida inqirozga qarshi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan ham O‘zbekistonda koronavirusga qarshi tezkor harakat qilish mexanizmi (Rapid Response Facility) ishlab chiqildi. Bu mexanizm 3ta yo‘nalishda: ehtiyojlarni aniqlab, ular bo‘yicha yechim topish, inqirozga qarshi samarali boshqaruv va erta tiklanish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Erta tiklanish yo‘nalishi doirasida BMT Taraqqiyot dasturi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari uchun may oyidan Biznes-klinika loyihasini ishga tushirdi.
Biznes-klinika pandemiya davrida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlarga biznesni tiklash va davlat tomonidan beriladigan imtiyoz va preferensiyalar bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha bepul maslahatlarni berib boradi.
Ayni paytda tadbirkorlar Biznes-klinikaning 1094 ishonch qisqa raqamiga soat 9:00dan 18:00gacha qo‘ng‘iroq qilishi mumkin, bundan tashqari, qo‘shimcha ma'lumotlar klinikaning telegram kanaliga ham joylashtirib borilmoqda.

BMT Taraqqiyot dasturi milliy konsultanti Farhod Jabborovning ta'kidlashicha, mazkur klinika tadbirkorlarga biznesni tiklash va inqirozdan bosqichma-bosqich chiqish imkoniyatini beradigan soliq, bojxona, kredit va boshqa imtiyozlar bo‘yicha konsultatsiyalar va maslahatlar berish bilan shug‘ullanmoqda.
«Tadbirkorlar turli mavzularda murojaat qilishi mumkin. Masalan, mol-mulk, soliq imtiyozlari bilan bog‘liq holatlarda yoki shartnomada fors-major holati shartlarning bajarilishi kabi mavzularda ma'lumot so‘rashyapti. Ularga konsultatsiya berish va bu orqali tadbirkor savodxonligini oshirish esa muhim», deydi Farhod Jabborov.
Hozir Biznes-klinikada kuniga o‘rtacha 15-20ta qo‘ng‘iroqqa javob berilmoqda. Har seshanba va payshanba kunlari tadbirkor ma'lumot olishni xohlagan mavzuda ekspertlar ishtirokida vebinarlar ham o‘tkazib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025