Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohur va Olmazor tumanidagi ayrim manzillarda ichimlik suvi ta'minoti o‘chiriladi
Shayxontohur tumani Beruniy ko‘chasida ichimlik suv tarmog‘ida ta'mirlash ishlari olib boriladi.
Joriy yilning 5 iyun kuni soat 21:00 dan 6 iyun kuni soat 17:00 ga qadar Shayxontohur tumani Beruniy ko‘chasida 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida D-800 mm bo‘lgan ichimlik suv tarmog‘ida ta'mirlash ishlari olib boriladi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan ayrim manzillarda ichimlik suvi ta'minoti o‘chirilishi va suv bosimi pasayishi kuzatiladi.
Shayxontohur tumani:
Markaz-26da joylashgan ko‘p qavatli uylar va korxonalar;
1-sonli bolalar shifoxonasi;
242-sonli telefon tarmoqlari korxonasi (ATS) ;
“Versal” to‘yxonasi;
“Makro” supermarketi;
Markaz-27da joylashgan ko‘p qavatli uylar va korxonalar;
35-sonli poliklinika;
Markaz-28da joylashgan ko‘p qavatli uylar va korxonalar;
“Ilg‘or” MFY;
“Tinchlik” MFY;
Beruniy ko‘chasi.
Bosim pasayadigan manzillar:
Tinchlik ko‘chasi;
“Tinchlik” tor ko‘chasi;
Olmazor tumani:
B-1 mavzesi;
Ohakchi ko‘chasi;
Nurafshon ko‘chasi;
Niyozova ko‘chasi;
Farobiy ko‘chasi.
Mavzuga oid
19:49 / 19.05.2025
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi
20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
12:15 / 28.04.2025