Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Vashingtondagi tartibsizliklar vaqtida bunkerda yashiringani haqidagi xabarlarni rad etdi
AQSh prezidenti Donald Tramp 30 may tunida Vashingtonda afroamerikalik Jorj Floyd o‘limi sababli o‘tgan ommaviy noroziliklar vaqtida Oq uy yaqinidagi bunkerga yashirilgani haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atadi.
“Men o‘sha vaqtda u yerda bo‘lmagandim. Men bunkerga kunduzi tushgandim va bu asosan nazorat uchun qilingandi. Kunduzi esa muammo bo‘lmagandi va bunkerga tushishim uncha uzoq davom etmadi”, deb aytgan Tramp Fox News radiostansiyasiga bergan intervyuda.
Tramp, shuningdek, Vashingtondagi vaziyatdan ko‘ngli to‘qligini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq New York Times nashri Tramp rafiqasi Melaniya Tramp va o‘g‘li Berron bilan birga tartibsizliklar vaqtida bir soatga yaqin bunkerda qolganini ma'lum qilgandi. Nashrda ma'lum qilinishicha, prezident 29 may kuni kechasi namoyishchilar Oq uy darvozalari oldida o‘rnatilgan metall to‘siqlarni olib tashlashni boshlagandan keyin bunkerga yetkazilgan.
O‘z navbatida CNN telekanali ham Tramp Oq uyga qaytishdan oldin bunkerda bir soatcha vaqt o‘tkazganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi
17:05 / 24.04.2025
Ilon Mask va moliya vaziri Skott Bessent Oq uyda janjallashib ketdi - Axios
12:58 / 19.04.2025
Oq uy kovid inson tomonidan yaratilganiga ishonyapti
11:51 / 14.04.2025