Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Zamin» fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun dasturini amalga oshirishni boshladi
«Zamin» fondi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari uchun koxlear implantatsiya (jarrohlik yo‘li bilan elektron protez o‘rnatish) dasturini boshladi. Fond har yili 30 nafar bolaning jarrohlik amaliyotini o‘tkazib bermoqchi.
Ayni kunlarda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tashxis jarayoni boshlanib, dastlabki 10 nafar o‘quvchi audiolog, psixonevrolog, surdopedagog, otolaringolog, psixiatr va boshqa mutaxassislar tomonidan saralab olinmoqda.
⠀
Saralab olingan bolalar maxsus tayyorgarlik, jarrohlik amaliyoti va reabilitatsiya bosqichlaridan o‘tadilar. Shundan so‘ng xorijdan malakali shifokorlar chaqirilib, jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.



Bundan avvalroq «Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva muntazam ravishda o‘quvchilarning eshitish qobiliyatini tiklash ustida ish olib borilishini ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
22:31 / 28.02.2025
Ziroat Mirziyoyeva International inclusive hub faoliyati bilan tanishdi
07:52 / 13.11.2024
Ziroat Mirziyoyeva COP29'da O‘zbekiston milliy pavilioni bilan tanishdi
20:10 / 12.11.2024
Ziroat Mirziyoyeva Bokuda yoshlarning iqlimga oid tashabbuslarini keng qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
17:54 / 16.10.2024