Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada ham politsiya qo‘lga olgan shaxs halok bo‘lgach tartibsizliklar boshlandi
Meksikada politsiyachilar qo‘lga olgan erkak politsiya bo‘limida halok bo‘lgandan keyin ommaviy tartibsizliklar boshlandi.
Voqea yuz bergan shaharchada odamlar politsiya bilan to‘qnashuvga kirishib, xizmat mashinalariga o‘t qo‘yishgan va hukumat binolariga bostirib kirishgan.
Politsiyachilar namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llashgan.
Jovanni Lopes ismli quruvchi jamoat joyida niqobsiz yurgani uchun 4 iyunda politsiya tomonidan ushlangan. Politsiyachilar uni avtozakka tiqib, o‘zlari bilan olib ketishgan. Keyinroq erkakning yaqinlari uni qidira boshlashgan. Politsiya bo‘limida Lopes shifoxonada ekanligi aytilgan.
Shifoxonada esa erkakning yaqinlariga uning jonsiz tanasi berilgan. Erkak jasadining yorilishi u boshidan olingan jarohatdan vafot etganini ko‘rsatgan. Namoyishchilar aybdorlar jazolanishini talab qilishmoqda.
Avvalroq shunday tartibsizliklar AQShda afroamerikalik Jorj Floyd politsiyachilar qo‘lidan halok bo‘lgandan keyin boshlangandi.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025