Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter Trampning Jorj Floyd o‘limiga bag‘ishlangan videosini o‘chirib tashladi
To‘rt daqiqaga yaqin davom etuvchi rolikda Tramp "radikal so‘l guruhlar" tomonidan kelib chiqayotgan "zo‘ravonlik va tartibsizlik" haqida gapirgan.
Twitter ma'muriyati AQSh prezidenti Donald Trampning Minneapolisda politsiya zo‘ravonligi qurboni bo‘lgan afroamerikalik Jorj Floydning o‘limiga bag‘ishlangan videroligini o‘chirib tashladi. Bu haqda AQSh prezidentining saylov shtabi ma'lum qildi.
“Twitter va Jyek (Twitter bosh direktori Jyek Dorsi – tahr.) prezident Donald Trampning Jorj Floyd bilan yuz bergan fojiadan keyingi yuksak va birlashishga chaqiruvchi murojaatini senzura qildi. OAV bu chiqishni yoritishdan bosh tortdi", - deyiladi Oq uy rahbarining saylov shtabi mikroblogida.
3 iyun kungi videorolik "mualliflik huquqi egasining xabariga javoban o‘chirilgan". To‘rt daqiqaga yaqin davom etuvchi rolikda Tramp "radikal so‘l guruhlar" tomonidan kelib chiqayotgan "zo‘ravonlik va tartibsizlik" haqida gapirgan. Videoda tartibsizliklar va talonchiliklar aks etgan kadrlar aholi bilan yelkama-yelka turgan politsiyachilar va ko‘chalardagi chiqindilar tozalayotgani kadrlari bilan almashadi.
"Bu holat Twitter o‘z xohishidan kelib chiqib qoida o‘rnatishining yaqqol misolidir", - dedi prezidentning saylovoldi shtabi vakili Endryu Klark The Hill gazetasiga bergan intervyusida.
Avvalroq Twitter Trampning xabarini “feyk xabar” sifatida belgilaganidan so‘ng AQSh prezidenti bundan qattiq norozi bo‘lgandi.
Keyinroq esa Trampning Minneapolisdagi tartibsizliklar haqidagi yozuvini ijtimoiy tarmoq qoidalariga zid deb topdi.
Mavzuga oid
14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi
18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi
22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi
23:47 / 14.08.2024