Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotin-qizlar va so‘xlik yoshlar uchun OTMlarda qo‘shimcha 1300ta grant kvota ajratiladi
OTMlarga 2020/21 o‘quv yili uchun qabulda xotin-qizlar uchun 800ta, So‘x tumani maktablarining bitiruvchilari uchun 500ta grant o‘rinlari ajratiladigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev 4 iyun kuni bo‘lib o‘tgan onlayn brifingda ma'lum qildi.
«Muhtaram prezidentimizning topshiriqlariga asosan, bu yil kam ta'minlangan, qiynalgan ayollar, shunday oilalarning farzandlari, uyda nogironi bo‘lgan oilalarning qizlari uchun prezidentimizning alohida grantlari bo‘yicha oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga kiritish belgilangan.
Hozir ushbu nizomni yakunlash jarayonidamiz, keyingi hafta uning to‘liq tartibi haqida yetkazamiz. Bunda birinchi navbatda mahalla idoralari ishlaydi. Ularga barcha imkoniyatlar yaratib, hududlar kesimida 800ta kvota belgilab, ajratib beriladi.
Bundan tashqari, prezidentimizning kechagi topshiriqlari asosida Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida maktabni bitirayotgan o‘quvchilar uchun ham 500ta grant ajratilishi kerak degan topshiriq oldik», – dedi Behzod Musayev.
Brifingda 2020 yilgi qabul mavsumiga doir boshqa qator yangiliklar ham e'lon qilindi. Xabarlar bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Mavzuga oid
21:41 / 25.04.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi
18:41 / 25.04.2025
“Chelaklab suv tashib amallab ko‘kartirib olganman” – tog‘ bag‘rida bog‘ yaratgan so‘xlik 93 yoshli Nuriddin ota hikoyasi
18:03 / 17.04.2025
“Sinovlar sabab hayot qadriga yetdim” – jigar sirrozidan tuzalgan so‘xlik hikoyasi
15:48 / 06.10.2024