Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madagaskar ta'lim vaziri 2 mln dollarlik qand sotib olgani uchun iste'foga chiqarildi
Vazir yirik miqdorda qand sotib olish hisobiga boyishni ko‘zlaganlikda ayblangan.
Madagaskar prezidenti Andri Radzuelina mamlakatning milliy ta'lim, texnik va kasb-hunar tayyorgarligi vaziri Ridzasu Dzusu Asisambatra Andriamananeni 2 mln dollarlik qand sotib olgani uchun iste'foga chiqardi. Bu haqda Vanguard gazetasi xabar bermoqda.
Aprel o‘rtalarida mamlakat prezidenti mahalliy olimlar shuvoq o‘simligi asosida koronavirusga qarshi “samarali vosita” - Covid-Organics deb nomlangan ichimlik yaratishganini e'lon qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ichimlikni ichgan inson 10 kunda koronavirusdan xalos bo‘ladi.
Hukumat aholiga Covid-Organics tarqatdi. Shu bilan birga, ko‘plab karantin cheklovlari olib tashlandi. Maktablarda mashg‘ulotlar boshlanib, o‘quvchilarga bir kunda ikki mahal ushbu ichimlik berildi.
Ammo Ridzasu Andriamanana Covid-Organics ichimligini judayam achchiq deb topdi va ichimlik ta'mini shirinlashtirishga qaror qildi.
"Men qandlarni har bir o‘quvchiga uchtadan hisoblab sotib olgandim", - dedi u.
Vazirning maktablar uchun qand sotib olgani hukumat muhokamasiga qo‘yildi. Gazetaning yozishicha, Ridzasu Andriamananu yirik miqdorda qand sotib olish hisobiga boyishni ko‘zlaganlikda ayblangan. Natijada u ishdan bo‘shatildi. Uning o‘ringa oliy ta'lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Elya Beatris Assumaku vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Bugungi kunda Madagaskarda koronavirus yuqtirganlar soni 957 nafarga yetgan, 7 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022