Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda koronavirusdan kunlik o‘limlar soni rekord darajada past bo‘ldi
Ortda qolgan bir kun davomida Nyu-Yorkda 35 kishi koronavirus sabab vafot etdi. Bu ikki oy ichida shtatda koronavirus sabab qayd etilgan eng past o‘lim ko‘rsatkichi bo‘ldi.
Bu haqda shtat gubernatori Endryu Kuomo tvitterdagi sahifasida yozdi.
«Kecha 35 nafar nyu-yorkliklar koronavirus sabab vafot etdi. Bu inqiroz boshlangandan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir», deb yozdi Kuomo o‘z mikroblogida.
Worldometers ma'lumotiga ko‘ra, hozirgacha Nyu-York shtatida 396 mingdan ortiq fuqaro koronavirus yuqtirgan. Ulardan 30 mingdan oshig‘i vafot etgan. Bugungacha 2,4 millionga yaqin odamdan koronavirusga test olingan.
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p koronavirus aniqlangan mamlakat AQSh bo‘lsa (1,96 million), eng ko‘p virus aniqlangan hududiy bo‘linma aynan Nyu-York (396 ming) hisoblanadi.
Butun AQSh bo‘ylab, xususan Nyu-Yorkda ham Jorj Floydning o‘limi sabab namoyishlar davom etmoqda. Hozircha namoyishlar virus yuqtirganlar sonining o‘sish darajasiga qanday ta'sir qilgani haqida ma'lumot yo‘q.
Mavzuga oid
21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi
21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
00:47 / 21.09.2023