Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryolik oila haj uchun yiqqan mablag‘iga mahallaga yangi transformator olib berdi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Gulobod” mahallasida yashovchi Kamoliddin hoji Jamilov va turmush o‘rtog‘i Bibimarziya hoji ona Jamilovalar xayrli ishga qo‘l urishdi.
Otaxon va onaxon bir necha yillardan buyon ezgu maqsadlarda mehnat qilib, muborak Haj ziyoratiga borish niyatida mablag‘ yiqqan edilar. Bugungi kunda olib borilayotgan saxovat loyihalarini kuzatgan oila bu pullarni savobli ishga sarflashga ahd qilishdi.
“Gulobod” mahallasi aholisi hozirgi kungacha 1964 yilda o‘rnatilgan transformatordan foydalanib kelishar, bu esa ta'minotda uzilishlarga sabab bo‘lardi. Oila muborak ziyoratga atalgan 70 million so‘m mablag‘ni yangi transformator xarid qilishga sarflab, mahallaning elektr energiyaga ta'minotini yaxshilanishiga hissa qo‘shdilar.
Bu savobli ish tufayli elektr uzatilishi bir maromda amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025