Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarada qolayotgan o‘zbekistonliklar vatanga jo‘natildi
Rossiya-Qozog‘iston chegarasi yopilgani sababli Rossiyaning Samara oblastida to‘plangan 350 dan ko‘proq o‘zbekistonlik 6 iyunda vatanga jo‘natildilar. Bu haqda oblast hukumati matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Avvalroq O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida Orenburg va Samara oblastlarida koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan Rossiya-Qozog‘iston chegarasi yaqinida vatanga qaytishni istayotgan 300 ga yaqin o‘zbekistonlik qolayotgani ma'lum qilingan.
“Bugun (6 iyun) O‘zbekistonning 367 fuqarosi Samara oblastini tark etdi. Ular Qozog‘iston bilan chegaradagi “Mashtakovo” o‘tkazish punktida (Orenburg viloyati) chegarani kesib o‘tdilar”, deb ma'lum qilingan oblast matbuot xizmatida “RIA Novosti” axborot agentligiga.
Ma'lum qilinishicha, Qozog‘iston hududida o‘zbekistonliklarni vatanga qaytaradigan avtobuslar kutib olgan.
May oyida Rossiya va Qozog‘iston hukumati diplomatik vakolatxonalar tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat bo‘yicha 280 o‘zbekistonlikni yer usti transporti bilan Rossiya hududidan olib chiqishga ruxsat bergandi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025