O‘zbekiston | 23:06 / 07.06.2020
79245
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Xorazmda aholi orasida yangi holatlar qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 29 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 7 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4331 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent shahri hamda 8 nafari Xorazm viloyatida aholi orasida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida va yana 2 nafari Toshkent viloyatida xorijdan chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina havdovchilarida aniqlandi», deyiladi xabarda.

Bugun jami 237ta yangi zararlanish holati qayd etildi va bu kunlik o‘sish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichdir. Shu vaqtgacha kunlik eng yuqori ko‘rsatkich 14 aprel kuni qayd etilgan – o‘shanda 167 kishida kasallik aniqlangandi.So‘nggi marta 26 may kuni kunlik kasallanish holatlari soni 100tadan oshgandi – 101 holat.

Bugun karantin markazida – 20, Toshkent shahrida – 195, Toshkent viloyatida – 10, Xorazm viloyatida – 8, Sirdaryo viloyatida – 4 kishida virus chiqqan.

Shuningdek, 86 nafar bemor sog‘ayib, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3354 nafarga yetdi.

Shifoxonalarda 960 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 6 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

  • Shu kungacha jami 441 618 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 396 349 nafari karantindan chiqarilgan.
  • Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 23 362 nafar, statsionar karantinda esa 21 907 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. 

Mavzuga oid