Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aniq vaqtga qadar aeroportga borib olmang – «Uzbekistan Airways» 22 iyungacha rejalashtirilgan charter reyslar bo‘yicha ma'lumot berdi
6 iyun kuni yaqin ikki hafta davomida xorijdagi vatandoshlarni O‘zbekistonga olib kelish uchun charter reyslar amalga oshirilishi haqida ma'lumotlar berildi. Kun.uz vaziyatga aniqlik kiritish uchun aviakompaniya matbuot xizmati bilan bog‘landi.
«Uzbekistan Airways» matbuot xizmati xodimi Habibulla Nabiyevning ma'lum qilishicha, joriy yilning 8-21 iyun kunlariga mo‘ljallangan reyslar jadvali rejalashtirilgan.
– Ayni vaqtda ro‘yxatdagi charter reyslar bo‘yicha turli davlatlardagi aeroportlar va tegishli tashkilotlar bilan kelishuvlar muvofiqlashtirilmoqda.
Xorijdagi fuqarolarimizdan reyslarning aniq sana va soatlarini bilmay turib aeroportlarga borib olmasliklari so‘raladi. Chunki bir joyda to‘planib ortiqcha kutib qolish noqulaylik tug‘dirishi bilan birga karantin qoidalariga ham zid hisoblanadi, – dedi H. Nabiyev.
Muhim eslatma:
Turli sabablarga ko‘ra uchish-qo‘nish vaqtlari o‘zgarishi mumkin, aniq vaqt aviakompaniya saytida kunlik rejimda e'lon qilib boriladi!
Mavzuga oid
17:00 / 13.05.2025
Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
18:39 / 12.05.2025
Mahachqal’a-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 1 oyga kechikishi mumkin
10:06 / 12.05.2025
Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi ayrim majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi
22:37 / 09.05.2025