Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus pandemiyasi vaqtida sayohatlar uchun eng maqbul davlatlar ma'lum qilindi
Internetda koronavirus pandemiyasi vaqtida sayohatlar uchun eng maqbul davlatlar ro‘yxati paydo bo‘ldi.

Foto: Global Look Press/Michael Nitzschke
The Sun nashrining ma'lum qilishicha, ushbu davlatlarda koronavirusga chalinish darajasi juda past. Jumladan, ro‘yxatdan o‘rin olgan Barbadosda bor-yo‘g‘i 92 kishida koronavirus aniqlangan. Shuningdek, ro‘yxatga Bagam orollari (102 ta kasallanish), Men oroli (336 ta), Normand orollari (561 ta), Malta (625 ta) va Kipr (958 ta) kiritilgan.
Nashrda ta'kidlanishicha, ushbu davlatlar koronavirus tarqalishiga qarshi tezkorlik bilan cheklovlar kiritish va ularga amal qilinishi ortidan qat'iy nazorat o‘rnatish evaziga virusga chalinish bo‘yicha past ko‘rsatkichlarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinish holatlari 7 mlndan oshib ketdi, undan 406 mingdan ko‘proq odam vafot etgan.
Mavzuga oid

14:01 / 24.05.2025
O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin

15:48 / 03.02.2025
O‘zbekistonlik yigit Spark’da Yevropaga safar qildi

15:42 / 28.01.2025
BBC O‘zbekistonni 2025 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 25 ta manzil ro‘yxatiga kiritdi

14:42 / 11.11.2024