Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusdan sog‘aygandan keyin ayrim asoratlar kuzatilishi mumkin – Nurmat Otabekov
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning aytishicha, koronavirus infeksiyasidan sog‘aygandan keyin bir necha hafta davomida ayrim asoratlar kuzatilishi mumkin.
“Davolangan odamlar uchun koronavirusning oqibatlari bir nechta omillarga bog‘liq: inson immuniteti va surunkali kasalliklar. Sog‘aygandan keyin bir necha hafta davomida quyidagi asoratlar uchrashi mumkin:
- tez yurish, zinapoyaga chiqishda yoki jismoniy zo‘riqqanda nafas qisilishi;
- isitmasiz va balg‘amsiz yo‘tal;
- surunkali kasalliklarning kuchayishi.
Shuning uchun davolangandan so‘ng immunitetni kuchaytirishga, vitaminlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilishga, kunda bir necha bor nafas gimnastikasini bajarishga va xonalarni doim shamollatib turishga ahamiyat berish kerak”, deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
U avvalroq koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashgani haqida ma'lumot bergan edi.
Mavzuga oid
17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror
17:37 / 31.01.2025
“Bu ma’lumotni berib borishimiz kerak” – Nurmat Otabekov havo ifloslanishidan erta ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
16:06 / 07.06.2024