Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni iyuldan neft narxini oshiradi
Avvalroq neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK) va uning hamkorlari neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirishga kelishib olgandi.
Saudiya Arabistoni iyuldan barcha hududlardagi xaridorlar uchun neft narxini oshiradi. Bu haqda Saudi Aramco davlat kompaniyasi ma'lum qildi.
Kompaniyaning eng yirik bozori – Osiyo uchun narxlar sezilarli darajada oshadi – bir barreliga 5,6-7,3 dollardan qo‘shiladi.
Iyuldan Arab Light navidagi neft narxi osiyolik xaridorlar uchun barreliga 6,1 dollardan qo‘shiladi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Shimoli-G‘arbiy Yevropa davlatlari uchun "yengil" neft 4 dollarga, amerikalik xaridorlar uchun 0,6 dollarga qimmatlaydi.
Avvalroq neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK) va uning hamkorlari neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirishga kelishib olgandi.
Sutkasiga 9,7 million barrelga qisqartirish to‘g‘risidagi mavjud shartnoma iyul oxirigacha o‘z kuchida qoladi.
Bugun Londonning ICE birjasida Brent neftining narxi 1,7 foizga oshib, 43,02 dollarga yetdi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025