Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda kon o‘pirilishi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi
Afg‘onistonning shimolidagi Samangan viloyatida kon o‘pirilib tushdi. Baxsiz hodisa oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgan.
TOLOnews telekanalining mahalliy aholiga tayangan holda xabar berishicha, yana 12 kishi jarohat olgan.
Voqea Dara-a-Suf tumanida yuz bergan. Konning o‘pirilishiga portlash sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ta'kidlanishicha, portlash ovozi ko‘mir koni yaqinidagi qishloqlarda eshitilgan. Mahalliy aholining ta'kidlashicha, vayronalar ostida konchilar qolayotgan bo‘lishi mumkin.
Mahalliy politsiya vakilining ma'lum qilishicha, hokimiyatda jabrlangan bo‘yicha hali aniq ma'lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025