Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaga keluvchilar ikki hafta karantinda qoladi
Britaniyaga keluvchilar 2 haftalik karantinga amal qilishlari belgilab qo‘yildi. Ular o‘zlarini 2 hafta qayerda izolyatsiya qilishlarini ma'lum qilishlari kerak. Qoidabuzarlar jarima to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.
Britaniyada xorijdan keluvchilar 14 kun o‘zini izolyatsiyalashini talab qiluvchi yangi qoidalar kiritildi. Bu haqda BBC telekanali xabar berdi.
Samolyot, parom yoki poyezdda keluvchilar karantinni o‘tkazadigan manzilni ma'lum qilishlari kerak. Qoidabuzarlar 1000 funt sterling bilan jazolanishi mumkin.
Shu bilan birga, Britaniyaga Irlandiyadan, Normand orollari yoki Men orolidan keluvchilar tegishli hujjatni rasmiylashtirishlari va karantinda qolishlari shart emas.
Shuningdek, avtotashuvlar va tibbiyot sohalari ishchilariga istisnolar ko‘zda tutilgan. Chegara nazoratidan o‘tmaydigan tranzit yo‘lovchilar ham majburiy izolyatsiyadan ozod qilinganlar.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025