Erdo‘g‘an kurdlarni AQShdagi tartibsizliklarga aloqadorlikda aybladi
AQShdagi oxirgi kunlar yuz berayotgan ommaviy tartibsizliklarga Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) va suriyalik kurdlar mudofaa kuchlari (YPG) aloqador bo‘lishi mumkin. Bunday fikrni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatda bildirgan.

Foto: AP/Scanpix
Ikki prezident, shuningdek, o‘zaro suhbat davomida Liviya va Suriyadagi hamda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatlarni muhokama qilgan.
“Prezidentimiz o‘z suhbatdoshi bilan AQShdagi zo‘ravonlik va talonchiliklar ortida turuvchi unsurlar Suriya shimolida harakat qiluvchi KIP/YPG terrorchilik tashkiloti bilan aloqaga ega bo‘lishi mumkinligi haqidagi xavotirlari bilan bo‘lishgan”, deb ma'lum qilingan Erdo‘g‘an ma'muriyati matbuot xizmatida.
Avvalroq AQShdagi ommaviy tartibsizliklarda Rossiya ayblangandi. AQShning sobiq prezidenti Barak Obama ma'muriyatida milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi bo‘lgan Syuzan Rays Moskva AQShdagi ikki tomonni ijtimoiy tarmoqlar orqali gij-gijlashda va ehtimol, ularni moliyalashtirayotganlikda ayblagan. Rossiyaning Venadagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Mixail Ulyanov bu ayblovlarni inkor etib, Vashington aybdorni mamlakat ichida emas, balki tashqaridan izlashni istayotganligini qo‘shimcha qilgan.
AQShda afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olinishi vaqtida qo‘llangan zo‘ravonlik oqibatida vafot etgandan so‘ng bir necha kundan beri noroziliklar bo‘lib o‘tmoqda. Bir qator holatlarda namoyishlar tartibsizliklar, politsiya bilan to‘qnashuvlar, talonchiliklar va bosqinchiliklarga aylanib ketgan.
Mavzuga oid

21:51 / 05.05.2025
AQShni o‘z xohishi bilan tark etadigan noqonuniy migrantlarga 1000 dollardan pul beriladi

21:12 / 05.05.2025
AQSh narkokartellarga qarshi kurashuvchi idoralararo tuzilmani tugatmoqda

15:55 / 05.05.2025
Tramp uchinchi muddat, tinchlik muzokaralari va savdo urushi oqibatlari haqida gapirdi

14:15 / 04.05.2025