Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatdagi har beshinchi fuqaro koronavirus yuqtirgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi
Mamlakatda 8,4 ming kishi koronavirusdan vafot etgan. Kasallikka chalinish bilan bog‘liq holatlar soni 175 927tani tashkil etmoqda.

Fevraldan buyon 15 mln nafar eronlik yoki mamlakatning har beshinchi fuqarosi koronavirus yuqtirgan bo‘lishi mumkin. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ana shunday taxminni bildirdi.
Bu haqda Eron sog‘liqni saqlash vazirligida koronavirusga qarshi kurashish uchun tuzilgan maqsadli guruh a'zosi Ehson Mustafoviy ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u holda mamlakatda virus ta'siridan vafot etish darajasi aslida ancha past bo‘ladi.
Eron sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Sima Saodat Larining ma'lum qilishicha, mamlakatda 8,4 ming kishi koronavirusdan vafot etgan. Kasallikka chalinish bilan bog‘liq holatlar soni 175 927tani tashkil etmoqda.
Mavzuga oid

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi

20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

12:18 / 15.05.2025