Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mineral o‘g‘itlar olib berishni va'da qilib 53 ming dollarga «uxlatgan» shaxs aniqlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Fuqaro, 52 yoshli G‘.M. Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
U 2019 yil oktabr oyida Farg‘ona shahar Muzaffarov ko‘chasida tanishi 47 yoshli X.M. unga 8.050 dona qopdagi “karbamid” mineral o‘g‘itlarini olib berishini aytib, tilxat yozib berib jami 53 800 AQSh dollari miqdoridagi pullarini olganligini, biroq shu kungacha mineral o‘g‘it olib bermayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025