Qoldirilgan konsertlar uchun xarid qilingan chiptalar o‘z kuchida qolmoqda – Madaniyat vazirligi
O‘zbekistonda karantin cheklovlari tufayli qoldirilgan konsert dasturlarining barchasi ommaviy tadbirlarga ruxsat berila boshlagach, reja asosida qo‘yiladi.
Madaniyat vazirligidan ma'lum qilishlaricha, ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat berilgan kundan boshlab, san'at saroyi ma'muriyati tadbirkorlar bilan kelishgan holda grafik asosida qoldirilgan konsertlarni tashkillashtirish rejalashtirilgan.
«Qoldirilgan konsertlar berilgandan so‘ng, yangi konsertlar rejaga kiritiladi.
Shuningdek, birinchilardan Yulduz Usmonova konsertining qoldirilgan kunlari qo‘yilishi ko‘zda tutilmoqda», dedi vazirlik matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayeva.
Ta'kidlanishicha, qoldirilgan konsert dasturlari uchun xarid qilingan chiptalar o‘z kuchini saqlab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, kechiktirilgan konsertlar uchun chipta pulini qaytarib olishni istovchilar bo‘lsa, ularga pullari karantindan so‘ng qaytarib berilishi ma'lum qilingan.
Chiptani naqd pulda xarid qilgan muxlislar o‘z pullarini naqd shaklda qaytarib olishlari mumkin. Plastik karta orqali to‘lov qilganlarga esa mablag‘lari kartaga tushirib beriladi.
Mavzuga oid

20:29 / 06.04.2025
Qoraqalpog‘istonda ilk bor ochiq osmon ostida konsert tashkil etildi

12:14 / 04.03.2025
San’atkorlarga «u yoki bu dinni targ‘ib qilmaslik» bo‘yicha tushuntirish olib borildi

22:17 / 04.10.2024
Konsertlarning ssenariylarini oldindan tekshirish tartibi joriy etilishi mumkin

12:38 / 08.04.2024