O‘zbekiston | 00:16 / 10.06.2020
16140
1 daqiqa o‘qiladi

“Rutan” yangi preparat emas, uning koronavirusga qarshi ta'siri hali o‘rganilishi kerak

Bugun qator ommaviy axborot vositalarida, jumladan Kun.uz saytida ham Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib “Rutan” preparati haqida ma'lumot berildi. Ta'kidlash joiz, bu yangi dori vositasi emas, o‘zbekistonlik olimlar tomonidan 2015 yilda ishlab chiqarilgan. Uning koronavirusga ta'siri hali o‘rganilishi kerak. Lekin gripp viruslarining turli shtammlariga qarshi samarasi isbotlangan.

Bu preparat haqida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Fan va ta'limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Aziz Do‘smatov 26.02.2020 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ham qisman so‘zlab bergandi:

"Rutan preparati interferon aktivlovchi universal dori vositasidir. U olimlarimiz tomonidan ishlab chiqarilgan va organizmning immunitetini oshirish orqali grippga qarshi kurashadi", – degan A. Do‘smatov.

Mavzuga oid