Deniyel Rozenblyum AQShdagi namoyishlarga xayrixohlik bildirdi
AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyumning Qo‘shma Shtatlarda irqiy kamsitish va politsiya zo‘ravonligiga qarshi davom etayotgan namoyishlarga munosabat bildirdi.
«Jorj Floydning o‘limi katta fojia bo‘ldi, biz uning oilasi va jamoasi uchun qayg‘udamiz. Bir politsiya xodimi qotillikda, yana uch nafari qotillik sodir etishga yordam bergani va shunga undagani uchun ayblandi, endi ularning ishi sudda ko‘rib chiqiladi.
Bu achinarli hol, ammo haqiqat shuki, bunday fojiali qotillik bizning mamlakatimizda birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q. Garchi AQSh qonunlari irqiy kamsitishga qarshi himoya bilan ta'minlasa-da, qullik merosi tariximizning ayanchli bir bo‘lagidir. Jorj Floyd o‘limi ko‘plab jamoalarimizda huquqni muhofaza qilish organlari va keng jamoatchilik o‘rtasidagi munosabatlarda chuqur ildiz otgan muammolarga nihoyatda katta e'tiborni jalb qildi.
O‘tgan ikki hafta ichida biz ko‘rgan keng ommaviy namoyishlar bu voqea Qo‘shma Shtatlar va dunyodagi boshqa mamlakatlardagi odamlarga qanchalik chuqur ta'sir qilganidan darak beradi. Tinch norozilik namoyishlari fuqarolarga adolatsizlikka qarshi chiqish, rahbarlardan javobgarlikni talab qilish hamda zarur siyosiy va strategik o‘zgarishlar uchun vosita sanalgan so‘z va yig‘ilish erkinligi naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi.
Amerika tarixi, 1950 va 60-yillardagi fuqarolik harakatidagi holat kabi, norozilik namoyishlari va ijtimoiy harakatlar jamiyatda muhim siljishlarga sabab bo‘lganiga oid misollar bilan to‘ladir. Kelib chiqishi turlicha bo‘lgan amerikaliklar bu ham bizning mamlakatimizga uning asoschilari orzu qilganidek «yanada mukammal ittifoq» tuzishga erishish imkonini beradigan hamda «erkinlik va adolat barcha uchundir» degan oliy maqsadimizga yanada yaqinlashtiruvchi bir fursat ekaniga umid qiladi.
So‘zimning yakunida, bir necha elchi hamkasblarim, jumladan, mendan avvalgi muhtaram elchimiz Pamela Spratlen ham imzolagan quyidagi bayonotni sizlar bilan bo‘lishmoqchiman», – deya Rozenblyumning so‘zlarini keltirdi AQShning Toshkentdagi elchixonasi.
Elchi o‘z munosabati so‘ngida eslab o‘tgan qo‘shma bayonotga AQShning 60 nafar sobiq qora tanli elchilari imzo chekkan bo‘lib, ular Qo‘shma Shtatlarda davom etayotgan irqiy adolatsizlikni qoralab chiqishgan.
Mavzuga oid
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
11:15 / 21.11.2024
Putin Tramp bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilishga tayyor - Reuters
10:46 / 21.11.2024
AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam ajratilishini e’lon qildi
10:31 / 21.11.2024