Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning barcha hududlarida «Qoradori-2020» tadbirlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekistonning barcha hududlarida ichki ishlar organlari tomonidan «Qoradori-2020» tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu jarayonda giyohvand ekinlarni yetishtirish, narkotik moddalarni iste'mol qilish, tashish, saqlash bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasidan ma'lum qilishlaricha, tadbir doirasida 7 iyun kuni tong soat 04:30da Sergeli tumani Nilufar ko‘chasida marixuana olib yurgan 19 yoshli fuqaro aniqlangan.
A.A. (erkak) shahar IIBB PPXning ikki xodimi tomonidan to‘xtatib tekshirilganda, yonidan 21,65 gr. marixuana giyohvand moddasi borligi aniqlangan.

Holat yuzasidan JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sergelida 8 iyun kuni ham yana bir shunga o‘xshash holat qayd etilgan.
Shu kuni soat 15:20da PPXning uch xodimi Qipchoq ko‘chasi 117-uy oldida 27 yoshli A.D. (erkak)ni to‘xtatib tekshirishganida, yonidan polietilen paketga o‘ralgan jami og‘irligi 1129,91 gr marixuana giyohvand moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ham JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
«Hurmatli fuqarolar!
Giyohvandlik – asr vabosi. Buning oqibati nafaqat o‘zingizga, balki oila a'zolaringiz hamda jamiyatning boshqa a'zolariga ham salbiy ta'sir qilishini unutmang», – deyiladi IIV PPX JTSBB xabarida.
Mavzuga oid
08:24 / 18.04.2025
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
10:38 / 11.04.2025
DXX giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi
11:50 / 25.03.2025
Hududlarda salkam 100 kg giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi
14:36 / 16.03.2025