Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxtachidagi oltin konidan 6 tonna tosh tashib ketmoqchi bo‘lgan o‘nlab kishilar qo‘lga tushdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan Qoraqo‘tan konida 7 may kuni Milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmatidan ma'lum qilishlaricha, kondagi 112-sonli ochiq karer tushib tekshirilganda, 39ga yaqin fuqaro tomonidan 200ta polietelin qopga joylangan 6 tonna 610 kg, tarkibida oltin moddasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan toshlar hamda 10ta turli rusumdagi avtomashinalar, 9 dona elektr uzatgich, 10 dona perfarator kabi asboblar daliliy ashyo sifatida olinib, Paxtachi tumani IIBga topshirilgan.
«Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.


Qayd etilishicha, tezkor tadbir Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi 11-alohida otryadi va Paxtachi tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
16:32 / 27.05.2025
Paxtachida bir kunda 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi
20:07 / 18.03.2025
Paxtachida TTB boshlig‘i xodimlarini ovoz yig‘ishga majburlayapti. U 200 ta monoblok va 50 ta printerni nima qilmoqchi?
16:25 / 26.02.2025
Samarqand viloyatida yana ikki tuman hokimlari o‘zgardi
21:01 / 10.02.2025