Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekinda 56 kun ichida koronavirusdan ilk kasallanish holati qayd etildi
Xitoy poytaxti Pekinda 56 kun ichida koronavirusdan ilk kasallanish holati qayd etildi. Virus shahardan oxirgi 2 hafta ichida tashqariga chiqmagan 52 yoshli erkakda aniqlangan.

Foto: REUTERS / Thomas Peter
Ta'kidlanishicha, erkak 10 iyunda mahalliy shifoxonaga yuqori tana harorati, madorsizlik shikoyati bilan murojaat qilgan. Biroq unda yo‘tal, tomoq og‘rishi yoki ko‘krak siqishi hissi bo‘lmagan. Oxirgi 2 hafta u Pekindan tashqariga chiqmagan va chetdan kelganlar bilan yaqin muloqot qilmagan.
Hozirda erkak izolyatsiyalanib, shifoxonada davolanmoqda. Ayni vaqtda mutaxassislar erkak yashagan Sichen tumanida epidemiologik tergov o‘tkazmoqda. Jumladan, oxirgi haftalarda xorijdan yoki Xitoyning epidemiologik xavf yuqori bo‘lgan hududlaridan kelgan barcha tekshirilmoqda.
Pekinning kasalliklarni nazorat qilish va ularning oldini olish markazi rahbari o‘rinbosari Pan Sinxoning ta'kidlashicha, bu hodisa Pekinda hamon kasallanish ehtimoli mavjudligini hamda poytaxtda kasalliklar tarqalishi ortidan nazorat va ularning oldini olish sohasidagi vaziyatning jiddiyligi, murakkabligi va oldindan aytib bo‘lmasligini hisobga olish zarurligini ta'kidlab o‘tgan.
Pekin hukumati shaharda epidemiologik vaziyat ancha yaxshilangani sababli koronavirus sababli kiritilgan aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasida favqulodda vaziyatlarga javob berishni 6 iyundan 3-darajaga pasaytirgandi. 1-daraja esa Pekinda 24 yanvarda kiritilib, 30 aprelda 2-darajaga pasaytirilgandi. Javob berishning hammasi bo‘lib 4 ta darajasi mavjud.
Mavzuga oid

11:29 / 05.05.2025
O‘zbekistonda Pekin texnologiya instituti filiali ochilishi mumkin

13:12 / 11.12.2024
Bloomberg: Pekin AQSh va YeIga UUA detallarini yetkazib berishni qisqartirdi

15:32 / 26.11.2024
Pekinda qiyin vaziyatga tushib qolgan 40 nafarga yaqin fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

13:00 / 09.10.2024