Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zara va Bershka brendlari egasi butun dunyo bo‘ylab 1200 ta do‘konini yopadi
Kiyim-kechak do‘konlari yirik tarmog‘i, Zara va Bershka brendlariga egalik qiluvchi Inditex kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab 1000 tadan 1200 tagacha do‘konini yopadi.
The Guardian nashrining xabar berishicha, ispan kompaniyasidagi bunday o‘zgarishlar koronavirus pandemiyasi vaqtida onlayn-savdolar o‘sgani bilan bog‘langan. Qisqartirishlar Zara, Bershka, Pull & Bear va Massimo Dutti kabi brendlarning eskiroq do‘konlarini qamrab oladi.
Kompaniya aksariyat Osiyo va Yevropadagi do‘konlarini yopishni rejalashtirmoqda. Shundan keyin do‘konlar soni 6700-6900 tagacha kamayadi. Shu bilan birga kompaniya 450 ta yangi do‘kon ochishni rejalashtirmoqda. O‘zgarishlar xodimlar soniga ta'sir qilmaydi. Yopilgan do‘konlar xodimlariga boshqa ish taklif etiladi, misol uchun, ular onlayn-xaridlarga o‘tkaziladi.
Kompaniyaning onlayn-savdolari chorak bo‘yicha 50 foizga va aprelda 95 foizga o‘sdi. Biroq shunga qaramay, Inditex pandemiya vaqtida zarar ko‘rdi. 1 fevraldan 30 aprelgacha kompaniya savdolari 44 foizga – 3,3 mlrd yevrogacha tushib ketdi. Riteylerning ma'lum qilishicha, chorak bo‘yicha sof zarar 409 mln yevroni tashkil qilgan. Kompaniya do‘konlarining chorak qismi 8 iyungacha yopiq qolgan. Milliarder Amansio Ortega kompaniyasi 2022 yilgacha onlayn-savdoni rivojlantirishga 1 mlrd yevro va do‘konlar saytlar bilan yaxshiroq uyg‘unlashishi uchun yana 1,7 mlrd yevro sarflashni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
18:30 / 29.02.2024
Zara O‘zbekistonda ilk rasmiy do‘konini ochdi
08:00 / 10.06.2022
Zara, Pull & Bear, Bershka kompaniyasi egasi O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini o‘rganmoqda
15:47 / 06.06.2022
Inditex O‘zbekistonga kelyapti
07:33 / 08.04.2022