Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kavani va Tiago Silva «PSJ»ni tark etishadi
«Pari Sen-Jyermen» sport direktori Leonardo himoyachi Tiago Silva va hujumchi Edinson Kavani bilan yangi shartnoma imzolanmasligini ma'lum qildi.
«Kavani va Silva mavsum oxirida «PSJ»ni tark etishadi. Ularning ketishi aniq», — deb Leonardo so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Bu mavsumda Kavani «PSJ» tarkibida barcha musobaqalarda 22ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan va 3ta golga hammualliflik qilgan. Uning xizmatiga «Inter» va «Atletiko» qiziqish bildirmoqda.
Tiago Silva bu mavsumda 30ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan. Avvalroq uning «Milan»ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Har ikkala futbolchining shartnomasi muddati 2020 yil 30 iyun kuni yakuniga yetadi.
Mavzuga oid
23:59 / 29.07.2023
Kavani – «Boka Xuniors» futbolchisi
12:53 / 06.10.2020
«MYu», «Arsenal» va «Bavariya» faol, «Barselona» yangi futbolchi olmadi. So‘nggi kundagi asosiy transferlar
15:45 / 05.10.2020
Yevropada transferlarning so‘nggi kuni. Kim qayerga o‘tishi kutilmoqda?
17:10 / 04.10.2020