Fan-texnika | 08:04 / 13.06.2020
9089
3 daqiqa o‘qiladi

Mask Semi elektr yuk mashinasini seriyali ishlab chiqarishga tayyorligini ma'lum qildi

Yuk mashinalarini yig‘ish joyi hali aniqlanmadi, faqat Tesla Semi uchun batareya va kuch uskunasi kompaniyaning Nevadadagi zavodida ishlab chiqarilishi ma'lum bo‘ldi. Bozor Semi’ning seriyali chiqarilishi to‘g‘risidagi yangilikka Tesla aksiyalari narxining 1000 dollardan oshib ketishi bilan reaksiya bildirdi.

Yuk mashinalarini yig‘ish joyi hali aniqlanmadi, faqat Tesla Semi uchun batareya va kuch uskunasi kompaniyaning Nevadadagi zavodida ishlab chiqarilishi ma'lum bo‘ldi. Bozor Semi’ning seriyali chiqarilishi to‘g‘risidagi yangilikka Tesla aksiyalari narxining 1000 dollardan oshib ketishi bilan reaksiya bildirdi. Birinchi marta kompaniyaning qiymati 190 milliard dollarga yetdi va dunyodagi eng qimmat avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Toyota'ga (215 milliard dollar) yaqinlashdi.

Tesla rahbari Ilon Mask xodimlarga maktubida Semi elektr yuk mashinasini ommaviy ishlab chiqarish vaqti kelganligini yozdi. «Batareya va kuch uskunasi Nevada shtatidagi Giga zavodida ishlab chiqariladi», - deyiladi Reuters jurnalistlari tanishib chiqqan maktubda. Qolgan ishlarni boshqa fabrikalar o‘z zimmasiga olishi mumkin, deb xabar beradi TechCrunch.

«Tesla Semi’ni seriyali ishlab chiqarishni boshlash vaqti keldi. Bungacha u cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu bizga dizaynning ko‘p qirralarini yaxshilashga imkon berdi», - deyiladi xodimlarga murojaatda. Mask ishlab chiqarish qachon boshlanishiga aniqlik kiritmagan.

Ammo, «Tvitter»da u Semi seriyali ishlab chiqarilishi haqidagi mish-mishlarni tasdiqlashi borasida berilgan savolga aniq javob qaytardi. «Ha», - dedi Mask.

Uoll-strit uchun bu yetarli bo‘ldi. Tesla aksiyalari 6 foizga ko‘tarilib, 1000 dollarlik ko‘rsatkichdan oshdi. Chorshanba kungi savdolarning yakunida kompaniyaning bozor qiymati 190 milliard dollarga yetdi. Yil boshidan beri kompaniya aksiyalari narxi bozorning qolgan qismini ancha ortda qoldirib, 132 foizga o‘sdi.

Darhaqiqat, shu paytgacha Tesla Semi elektr yuk mashinasi AQSh yo‘llarida vaqti-vaqti bilan ko‘rinish berardi. Qishda yuk mashinasi Kanada bilan chegarada payqalgan, o‘shanda u qishki sinovlar uchun Alyaskaga ketayotgan bo‘lgan.

Birinchi marta yuk mashinasi 2017 yil noyabr oyida debyut qildi. Dastlab, e'lon qilingan yurish masofasi zaxirasi 500-800 km edi, keyin bu raqam 1000 km.ga ko‘tarildi. Yuk ko‘tarishi - taxminan 36 tonna. O‘tgan yili o‘tkazilgan sinovlar buni tasdiqladi. 

Mavzuga oid