Olimlar koronavirus sababli qand kasalligi rivojlanishidan ogohlantirishdi

Avstraliya, Fransiya, Italiya, AQSh, Germaniya, Kamerun va singapurlik olimlardan iborat xalqaro guruh koronavirus nafaqat qand kasalligi davolanishini qiyinlashtirishi, balki uning rivojlanishini keltirib chiqarishi haqidagi xulosaga kelishdi.
New England Journal of Medicine nashrida ma'lum qilinishicha, koronavirus va qand kasalligi o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
“Koronavirusga chalinganlarda qand kasalligi boshlanishi va mavjud bo‘lgan qand kasalligining og‘ir metabolik asoratlari kuzatilgan”, deyilgan maqolada.
Olimlar koronavirusning hujayralarga kirib borishini ta'minlovchi ACE-2 fermenti oshqozonosti bezi beta-hujayralariga, yog‘ to‘qimasi, ingichka ichak va buyraklarga ta'sir qilishi haqidagi taxminni ilgari surishdi. Buning natijasida koronavirus glyukoza metabolizmi o‘zgarishini keltirib chiqarishi mumkin.
Olimlar koronavirus oqibatida rivojlanuvchi qand kasalligi uning yangi turi hisoblanishi yoki ma'lum bo‘lgan ikki turidan biriga tegishli ekanini hali bilishmaydi.
Bu muammoni hal qilish uchun olimlar guruhi koronavirus bilan bog‘liq qand kasalligiga ega bemorlar global ro‘yxatini tuzishgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
Mavzuga oid

10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi

22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan

18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda

18:02 / 03.05.2022