Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya hukumati 60 yildan beri mavjud dorini koronavirusni davolashda qo‘llash uchun ma'qulladi
Britaniya hukumati deksametazon dori vositasini koronavirusni davolashda qo‘llash uchun ma'qulladi. Londonda ta'kidlanishicha, ushbu dori vositasi dunyoda koronavirusdan birinchi dori hisoblanadi.
“Hukumat bugungi kundan [16 iyundan] sog‘liqni saqlash milliy xizmatiga dunyoda koronavirusdan birinchi dorini qo‘llashga ruxsat berdi. Ushbu dorining hukumat tomonidan moliyalashtirilgan sinovlari u kislorod bilan davolanish talab etilgan bemorlar orasida o‘lim xavfini sezilarli kamaytirishini namoyish qildi. Hukumat ushbu dorini qo‘llash imkoni sog‘liqni saqlash milliy xizmatining barcha muassasalarida va butun Britaniyada mavjud bo‘lishi uchun barcha ishni qilmoqda”, deyilgan Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Yallig‘lanishga qarshi dori vositasi hisoblangan deksametazon 60 yildan ko‘proq vaqtdan beri ma'lum va Oksfordda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, u o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmalariga ulangan bemorlar o‘limi xavfini 35 foizga, kilorod bilan davolashda bo‘lgan bemorlar o‘limi xavfini esa 20 foizga kamaytiradi. Sinovlar vaqtida ushbu dorini 2104 bemor 10 kun davomida 6 mg.dan qabul qilgan.
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 16 iyundagi brifingda deksametazon bilan o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini “ayni vaqtda koronavirusga qarshi eng yirik ilgarilash” deb atagan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025