Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zenergoinspeksiya» Surxondaryoda transformator o‘rnatib bergan oila ishiga izoh berdi
Bugun, 16 iyun kuni “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan “Elektr energetika sohasida davlat nazoratini amalga oshirish va tizimdagi normativ-huquqiy hujjatlar” mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘z mahallasiga transformator o‘rnatib bergan surxondaryolik oilaning bu ishiga munosabat so‘ralganida “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Yo‘ldoshev shunday javob berdi:
– Endi, hech kimga sir emas hozir yangi uy-joylar qurilishi ko‘payib ketdi. Davlat qurgan uylarda kommunikatsiya tarmoqlari rejalashtiriladi, mablag‘ ajratiladi. Uzoq hududlarda ko‘pincha bu narsaga e'tibor berilmaydi, transformatorlar quvvati yetmaydi. Aytaylik, loyiha bo‘yicha 60 ta xonadon, lekin amalda 100 ta xonadon foydalanadi. Hududiy elektr tarmoqlari buning hisobini olib boradi, faqat almashtirish bosqichma-bosqich bo‘ladi.
Surxondaryodagi holatda bu transformator hududiy elektr tarmoqlari tomonidan aynan qachon almashtirilishi rejalashtirilgani bo‘yicha aniq ma'lumot ayta olmayman. Lekin bu albatta rejalashtirilgan bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025