Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlantiriladi
Kredit liniyasi mablag‘larining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi.
Prezidentning “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.
Qarorda ko‘rsatilishicha, xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi.
Hujjatda belgilanishicha:
kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan Z yillik imtiyozli davri bilan foiz stavkasi O‘zbekisgon Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz past qilib beriladi;
tijorat banklari tomonidan kreditlar xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub'yektlariga, ayniqsa maishiy, ta'lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarni tashkil etish (moliya va savdo sohalaridagi tadbirkorlik sub'yektlari bundan mustasno) va jihozlash uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha 1 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi;
mazkur qarorda nazarda tutilgan kredit liniyasi mablag‘larining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi;
O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-son qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan 67 ta faoliyat (ishlar va xizmatlar) turlari uchun “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratiladi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025