Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushida kim g‘olib bo‘lgani ma'lum qilindi
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi 2017 yilda boshlangan. 2020 yilda ikki mamlakat o‘zaro cheklov choralarini yumshatishga kelishib olgandi, ammo may oyida AQSh savdo vazirligi Xitoyning 33ta tashkilotini qora ro‘yxatga kiritdi.
Davomiy savdo urushi oqibatida dunyoning ikki yirik iqtisodiyotining raqobatbardoshligi pasaydi, deyiladi Xalqaro boshqaruv taraqqiyoti instituti (IMD) tadqiqotida.
Raqobatbardoshlik reytingida AQSh yetti pog‘ona pasayib, o‘ninchi o‘ringa, Xitoy esa olti pog‘ona quyilab, 20-o‘ringa tushib qoldi.
Natijada ikki davlatning qarama-qarshiligi sababli reytingda ulardan yuqoriga chiqib olgan mamlakatlar savdo urushi g‘oliblariga aylandi. Singapur, Daniya va Shveytsariya o‘z o‘rinlarini yaxshilab, ro‘yxatda yetakchi bo‘lib oldi. Savdo urushi Xitoy va AQSh iqtisodiyotiga zarar yetkazdi, deyiladi tadqiqotda.
IMD reytingi dunyoning 63 mamlakatini yuzlab omillarga ko‘ra baholaydi.
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi 2017 yilda boshlangan. 2020 yilda ikki mamlakat o‘zaro cheklov choralarini yumshatishga kelishib olgandi, ammo may oyida AQSh savdo vazirligi Xitoyning 33ta tashkilotini qora ro‘yxatga kiritdi.
Iyun oyi boshida Xitoy mahalliy kompaniyalardan AQShdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishni to‘xtatishni talab qildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025