Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 16 yilga qamalgan amerikalik Pol Uilan rossiyalik But va Yaroshenkoga almashtirilishi mumkin
AQSh, Kanada, Irlandiya va Britaniya fuqaroligiga ega Pol Uilan 2018 yil 28 dekabr kuni Moskvada FXX xodimlari tomonidan ushlangandi. FXX Jamoatchilik bilan aloqalar markazining bildirishicha, “Uilan josuslik kampaniyasi paytida” qo‘lga olingan.
Rossiyada josuslikda ayblanib 16 yilga qamalgan AQSh fuqarosi Pol Uilan AQShda hibsda bo‘lgan rossiyaliklar Viktor But va Konstantin Yaroshenkoga almashtirilishi mumkin.
"Rossiyalik vatandoshlarni vatanga qaytarishga qaratilgan har qanday almashtirish, har qanday harakatni insonparvarlik va g‘amxo‘rlik harakati deb hisoblab kelganman va hisoblayman", - dedi Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova Uilanni But va Yaroshenkoga almashtirish imkoniyati haqidagi savolga javoban.
Avvalroq Uilanning advokati Vladimir Jyerebenkov almashtirish ehtimoli haqida gapirib o‘tgandi.
AQSh, Kanada, Irlandiya va Britaniya fuqaroligiga ega Pol Uilan 2018 yil 28 dekabr kuni Moskvada FXX xodimlari tomonidan ushlangandi. FXX Jamoatchilik bilan aloqalar markazining bildirishicha, “Uilan josuslik kampaniyasi paytida” qo‘lga olingan.
Pol Uilan o‘zini aybdor deb hisoblamaydi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Uilan Amerikaning Borg Warner kompaniyasida xavfsizlik xizmati boshlig‘i bo‘lgan. 2004 va 2006 yillarda AQShning Iroqdagi harbiy kampaniyalarida qatnashgan.
Rossiyalik uchuvchi Konstantin Yaroshenko 2010 yilda Amerika maxsus xizmati tomonidan Liberiyada qo‘lga olingan. AQShda u giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanib 20 yilga qamalgan. Yaroshenko bu ayblovni inkor etgan.
Rossiyalik tadbirkor Viktor But AQShda 2012 yilda noqonuniy qurol savdosi va terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblanib 25 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. But ham bu ayblovlarni tan olmagan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025