«Sariq» hududlarda ham o‘quv markazlari faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekistonda «sariq» hududlardagi o‘quv markazlari ham qayta faoliyat yuritishi uchun taklif berilgan. Bu haqda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimova ma'lum qildi.
Inspeksiya vakilining ma'lum qilishicha, ta'lim inspeksiyasiga «sariq» hududlarda ham o‘quv markazlari faoliyatini qayta tiklash mumkin yoki yo‘qligi borasida murojaatlar yuborilgan.
«Ayni paytda OTMlarga qabul jarayonlari boshlanayotgani sababli va abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida «sariq» hududlarda ham sanitariya gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda o‘quv markazlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritildi.
Respublika maxsus komissiyasi «sariq» hududlardagi o‘quv markazlariga qayta faoliyat yuritishga ruxsat bergandan so‘nggina ular ishlashi mumkin bo‘ladi. Shuning uchun hozir «sariq» va «qizil» hududlardagi o‘quv markazlarida masofaviy ta'lim shaklini tashkil etishni tavsiya qilamiz», deydi Feruza Madrahimova AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Ma'lumot uchun, maxsus komissiya tomonidan «yashil» hududlarda o‘quv markazlari faoliyatini sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq amal qilgan holda qayta tiklashga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda
22:24 / 07.11.2022
Angliyada uy parrandalariga lokdaun e’lon qilindi
12:45 / 19.07.2022