Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariya bosh vaziri prezidentni dron yordamida yashirincha kuzatuv olib borishda aybladi
Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov mamlakat prezidenti Rumen Radevni uning ortidan dron yordamida yashirincha kuzatuv olib borishda aybladi. Bu haqda Bolgariya milliy radiosi ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Borisovning o‘z yotoqxonasida dam olayotgani surati paydo bo‘lgan. “Prezident Radev haddidan oshib, meni suratga olish uchun uyimga dron yubormoqda. U dronni uyimga kirish oldidagi ayvongacha keltirdi”, deb arz qilgan Borisov matbuot anjumanda.
Bosh vazirning fikricha, unga qarshi kompromat hukumat tomonidan tayyorlanayotgan geostrategik rejalarga, jumladan Bolgariyaning yevrohududga va Bank ittifoqiga kirishiga to‘sqinlik qilish maqsadida to‘planmoqda.
Ta'kidlanishicha, shu voqea bilan bog‘liq holda milliy qo‘riqlash xizmati suratlarning paydo bo‘lishini tergov qila boshlagan.
Bolgariya prezidenti va bosh vaziri o‘rtasida mojaro joriy yil boshidayoq kuzatilgan. O‘shanda prezident Radev hukumat ishonchni yo‘qotganini, chunki fuqarolar manfaati yo‘lida harakat qilmayotgani va davlatni inqirozga boshlayotganini aytgan.
Mavzuga oid
14:49 / 21.05.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi Bolgariya prezidenti administratsiyasida uchrashuv o‘tkazdi
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
18:24 / 12.02.2025
Ukraina Bolgariyadan ikkita yadroviy reaktor sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi
10:08 / 01.01.2025