Jahon | 00:25 / 18.06.2020
16180
1 daqiqa o‘qiladi

Jorj Floydning o‘limidan so‘ng PepsiCo va Mars o‘z mahsulotlari logotipini o‘zgartirmoqchi

PepsiCo shuningdek, afroamerikaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun besh yil davomida 400 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratishini e'lon qildi.

Foto: DANIEL ACKER/BLOOMBERG

PepsiCo korporatsiyasi o‘zining Aunt Jemima - nonushta uchun mo‘ljallangan mahsuloti logotipini o‘zgartirmoqchi.  

Ushbu mahsulot logotipida XIX asr oxirlarida oq tanli amerikaliklar uyushtirgan tomoshalarda aytilgan qo‘shiq qahramoni, afroamerikalik Jyemayma xola tasvirlangan. Jyemayma xola tasvirlangan logotip oq tanlilar oilasidagi qora tanli xizmatkorni ifodalaydigan haqorat hisoblanadi.  

Mars Inc esa texaslik fermer qo‘lida ishlagan afroamerikalik tasvirlangan Uncle Ben's mahsuloti logotipini o‘zgartirishini ma'lum qildi.

Keyingi haftalarda Minneapolisda politsiya qo‘lga olayotganda halok bo‘lgan Jorj Floydning o‘limidan so‘ng irqchilikka qarshi namoyishlar fonida ijtimoiy tarmoqlarda brendlar tez-tez muhokama qilinmoqda.

PepsiCo shuningdek, afroamerikaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun besh yil davomida 400 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratishini e'lon qildi.

Mars Inc esa irqchilikka barham berishni o‘z majburiyati deb hisoblashini ta'kidladi.

Mavzuga oid