Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekin koronavirus sababli Xitoyning qolgan qismi bilan transport aloqasini to‘xtatadi
Pekin ma'muriyati 19 iyundan Xitoyning qolgan hududlari bilan yo‘lovchi tashishni to‘xtatadi. Bunga Xitoy poytaxtida koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgani sabab hisoblanadi.
Transport aloqasi to‘xtatilishini shaharning transport qo‘mitasi raisi Jun Tszyun ma'lum qilgan. Uning ta'kidlashicha, koronavirus avj olishi ortida “yo‘lovchilar oqimi ancha qisqargan”. U yo‘lovchilar sotib olingan chiptalar uchun pullarini qaytara olishlarini qo‘shimcha qilgan.
O‘tgan hafta Pekinda deyarli 2 oylik tanaffusdan keyin yana koronavirusga chalinish holati qayd etilgan. Ayni vaqtda shaharning shifoxonalarida 159 kishi koronavirusdan davolanmoqda. Shuningdek, Pekinda sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarga javob berish darajasi ikkinchidan uchinchiga oshirilgan.
Pekinda pandemiya vaqtida umumiy hisobda 752 kishi koronavirusga chalingan, ulardan 584 nafari sog‘ayib ketgan, 9 nafari vafot etgan. Xitoy bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 84,4 mingdan, undan vafot etganlar esa 4,6 mingdan ko‘proqni tashkil qilgan, 79 ming kishi sog‘ayib ketgan.
Mavzuga oid
11:29 / 05.05.2025
O‘zbekistonda Pekin texnologiya instituti filiali ochilishi mumkin
13:12 / 11.12.2024
Bloomberg: Pekin AQSh va YeIga UUA detallarini yetkazib berishni qisqartirdi
15:32 / 26.11.2024
Pekinda qiyin vaziyatga tushib qolgan 40 nafarga yaqin fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
13:00 / 09.10.2024