O‘zbekiston | 19:06 / 19.06.2020
6538
4 daqiqa o‘qiladi

IIV So‘xda barqarorlikni ta'minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Farg‘ona viloyati So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush tarzini yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbirlar yuzasidan ma'lumotlar berdi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

«Tezkor-kriminogen vaziyat barqarorligini ta'minlash maqsadida hududga qo‘shimcha kuch va vositalarni jalb etgan holda jami 359 nafar (250 nafar ichki ishlar va 109 nafar Milliy gvardiya) xodimlarning xizmati yo‘lga qo‘yilgan», deyiladi xabarda.

Tuman hududida jamoat tartibini saqlashga qaratilgan tadbirlar 2 bosqichda tashkil etilgan.

1-bosqichda (kunduzgi soat 08:00-19:00 gacha), 37ta yo‘nalish bo‘yicha, ya'ni 27ta piyoda, 2ta avtopatrul va

8ta muhim ahamiyatga ega hudud va obektlarga (huquq-tartibot idoralari binolari, bozor) biriktirilgan statsionar postlarda jami 113 nafar IIO va MG xodimlarini hamkorlikdagi xizmati tashkil etildi.

2-bosqichda (kechki soat 19:00-07:00gacha) 15ta yo‘nalish bo‘yicha, ya'ni 12ta piyoda, 3ta avtopatrul yo‘nalishlarida jami 45 nafar IIO va MG xodimlarini hamkorlikdagi xizmati tashkil etildi.

Xizmatga jalb etilgan xodimlar 4ta avtobus, 8ta maxsus avtomashina, 13ta xizmat avtomashinasi, 80ta radioaloqa vositasi, 241ta himoya qalqoni, 273ta kaska, 198ta zirhli nimcha, 218ta PR, 73ta rezina tayog‘i va boshqa maxsus vositalar bilan ta'minlangan.

O‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar natijasida:

  • tadbir boshidan 172 nafar profilaktik hisobdagi shaxslar bilan ogohlantiruv suhbatlari o‘tkazildi;
  • 15ta ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlandi;
  • 14 nafar shubhali shaxslar tayanch puktlariga olib borilib, yakka tartibda profilaktik suhbat o‘tkazildi;
  • Tumanda yashovchi fuqarolarga tegishli bo‘lgan 66ta ov qurollari vaqtinchalik saqlash uchun tuman IIBga to‘liq olindi.

Shuningdek, pasport-viza yo‘nalishida maxsus jihozlangan «Gazel» rusumli avtotransportda «Devayron» MFYda ko‘chma «sayyor qabul» tashkil etilib, 47 nafar fuqaroga xorijga chiqish uchun biometrik pasportga talabnomalar rasmiylashtirilgan.

Tumandagi qurilish-ta'mirlash ishlariga jami 90 nafar mutaxassis va ishchilar jalb etilib, 37ta texnika va mashinalar viloyat markazidan tumanga keltirilgan.

  • «Sarikanda» MFY Baliqchi-1 va Baliqchi-2 ko‘chalarida 80 metr yo‘llar, ya'ni 320 kvadrat metr hajmdagi, ko‘chalar sementabeton qilindi;
  • Rishton-So‘x avtomobil yo‘lidagi chuqurlar tekislanib, 1 040 metr kvadrat asfaltbeton qoplama yotqizildi;
  • Hushyor-Rovon avtomobil yo‘lida piyodalar yo‘lakchasi qurish uchun 120 metr kvadrat asos tayyorlandi hamda 90 metr kvadrat sementabetonli piyodalar yo‘lakchasi qurildi;
  • «Sarikanda» MFY Anorbog‘ ko‘chasidagi 200 metr uzunlikdagi yo‘llar, ya'ni 1 460 metr kvadrat hajmdagi tuproq yo‘l shag‘al qoplamasiga o‘tkazildi;
  • yo‘llarda harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida, tadbir boshidan Rishton-So‘x avtomobil yo‘lining Lenburg-Chashma oraliq qismidagi 36ta yo‘l belgilari ta'mirlandi;
  • Hushyor-Rovon avtomobil yo‘lining Hushyor-Sarikanda oralig‘ida piyodalar yo‘lakchasi uchun yo‘lning 105 metr kvadrat (355) qismida qurilish ishlari olib borilib, 45 metr kvadrat (145) qismiga beton bordyurlar montaj qilindi;
  • «Chashma» MFY Sebzor ko‘chasida 40 metr shag‘al qoplamali yo‘l 160 kvadrat metr hajmda sementabeton qilindi;
  • Tul-G‘aznov avtomobil yo‘lidagi chuqurlar tekislanib, tadbir boshidan 87 metr kvadrat asfaltabeton qoplama yotqizildi.
Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid