Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktabgacha ta'lim vaziri Buxoroda bo‘lib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin 17 iyun kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.
Vazir dastlab Buxoro shahridagi 52-maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘ldi. 1982 yilda qurilgan bog‘cha 2019 yilda kapital ta'mirlangan. Tashkilot 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda 180 nafar bola tarbiyalanmoqda. U yerda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirilib, karantindan keyingi faoltiyatni olib borish uchun kerakli topshiriqlar berildi.
Vazir shu bilan birga, shahardagi 350 o‘ringa mo‘ljallangan 51+maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘ldi. Buxoro shahridagi namunali bog‘cha sifatida e'tirof etilgan maktabgacha ta'lim maskanida 22 nafar pedagogik xodim 324 nafar bolani tarbiyalamoqda.

Vazir Buxoro shahrida joylashgan Pedagogika kollejiga ham tashrif buyurdi. Ushbu kollejda 6 yo‘nalish bo‘yicha 895 nafar yoshlar, uningdek, Turmaniston Respublikasidan kelgan talabalar ham o‘qimoqda.
- Buxoro shahridagi Pedagogika kollejini kapital ta'mirlab, namuna sifatida bo‘sh turgan binolarga davlat xususiy-sherikchiligi asosida maktabgacha ta'lim tashkilotini tuzamiz, - dedi Agrippina Shin.
Vazir kuchli shamol oqibatida aziyat chekkan Olot va Qorako‘l tumanlaridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ahvoli bilan ham tanishdi.

Olotdagi 1-, 2- va 3-maktabgacha ta'lim tashkilotlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bog‘chalarni kapital ta'mirlash uchun mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Qorako‘l tumanidagi Pedagogika kolleji ham kapital ta'mirlashga kelishib olindi. Kollejning bo‘sh turgan binosida maktabgacha ta'lim tashkilotini tuzish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Ma'lumot o‘rnida shuni aytish joizki, bugungi kunda viloyatda jami 1041 ta maktabgacha ta'lim tashkilot bo‘lib, shundan 409 ta davlat, 632 ta nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 09.07.2024
Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universitetiga rektor etib tayinlandi
09:28 / 24.03.2023
Agrippina Shin Maktabgacha ta’lim agentligi direktori etib tayinlandi
19:20 / 15.12.2022
Agrippina Shin: Tarbiyachilarning maoshini oshirish uchun yiliga 2,5 trln so‘m kerak
18:56 / 15.12.2022