Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva: «Dori vositalarini notibbiy maqsadda ishlatish millat kelajagiga rahna solishi aniq»
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy aylanishi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar asosida, qariyb 50 ming o‘ram dori vositasi musodara qilingan. Bu haqda Senat raisi Tanzila Norboyeva 5-yalpi majlisda aytib o‘tdi.
«Ma'lumki, aholi orasida shifokor tavsiyasisiz o‘zini-o‘zi davolash odat tusiga kirgan. Bu esa ko‘plab salbiy oqibatlarga olib kelayotganini kuzatyapmiz. Dorixonalarda sotilayotgan kuchli ta'sir etuvchi dori vositalarining suiiste'mol qilinayotgani, ularning asosan yoshlar tomonidan notibbiy maqsadlarda qo‘llanilayotgani achinarli holdir. Bunday dori vositalarini notibbiy maqsadda ishlatish yoshlarimiz, qolaversa, millat kelajagiga raxna solishi aniq.
Umid qilamizki, kuchli ta'sir etuvchi dori vositalarini retsepsiz sotganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilash orqali biz yosh avlodning sog‘lig‘i va kelajagiga bo‘lgan katta xavf-xatarning oldini olgan bo‘lamiz», deya Tanzila Norboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
12:23 / 28.05.2025
Hayvonlarni identifikatsiya qilish jarayonlari tartibga solinadi
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
16:22 / 01.05.2025