Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston zudlik bilan 30dan ortiq qiruvchi samolyot sotib olmoqchi
16 iyunga o‘tar kechasi Hindiston-Xitoy chegarasida ikki davlat harbiylari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Oqibatda hindistonlik 20 harbiy halok bo‘ldi, 76 nafari yaralandi.
Hindiston harbiy-havo kuchlari mamlakat hukumatiga zudlik bilan 33 dona qiruvchi samolyot sotib olish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu haqda ANI agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, gap 21 dona MiG-29 va 12 dona Su-30MKI samolyotlari haqida bormoqda.
Qayd etilishicha, ushbu taklif Hindiston-Xitoy mojarosi fonida berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 16 iyunga o‘tar kechasi Hindiston-Xitoy chegarasida ikki davlat harbiylari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Oqibatda hindistonlik 20 harbiy halok bo‘ldi, 76 nafari yaralandi. Ta'kidlanishicha, 45 yil ichida ushbu hududda birinchi marta harbiylar halok bo‘lgan.
Hind OAVda mojaro vaqtida xitoylik harbiylar ham yo‘qotishlarga uchragani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgan. Biroq Xitoyning o‘zi bu borada rasmiy ma'lumotlar bermagan.
Mojarodan keyin Hindiston bosh vaziri Narendra Modi zarurat yuzaga kelsa, mamlakat Xitoyga zarba berishga tayyorligini ma'lum qildi.
18 iyunda Reuters axborot agentligi hind harbiy mashinalarining katta kolonnasi to‘qnashuv yuz bergan Galvan vodiysiga yo‘nalayotgani suratini e'lon qildi.
O‘z navbatida Pekin qo‘shni davlat harbiylari kelishuvlarni buzib, chegarani kesib o‘tishgani va xitoylik harbiylarga hujum qilishganini ma'lum qilib, mojaroda Hindiston tomonini aybladi..
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
23:17 / 22.05.2025