Jahon | 17:18 / 20.06.2020
3924
2 daqiqa o‘qiladi

Johnson & Johnson teridagi qora dog‘larni yo‘qotuvchi kosmetika vositalarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Kompaniya AQShda irqchilik va tengsizlikka qarshi kurashishga 10 mln dollar sarflashini ma'lum qildi.

Foto: Justin Sullivan / Getty Images

Amerikaning Johnson & Johnson kompaniyasi teridagi qora dog‘larni yo‘qotishga mo‘ljallangan kosmetika vositalarini boshqa ishlab chiqarmaslikka qaror qildi. Bu haqda kompaniya bayonotiga asoslanib The New York Times gazetasi xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, ayrim xaridorlar bu vositadan terilarini oqartirish uchun foydalanmoqda.

Qayd etilishicha, Clean & Clear Fairness kremi Hindistonda eng xaridorgir mahsulotga aylangan. 

Kompaniya AQShda irqchilik va tengsizlikka qarshi kurashishga 10 mln dollar sarflashini ma'lum qildi.

Avvalroq Dreyer kompaniyasi Alyaska, Chukotka, Grenlandiya va Kanada shimolida yashovchi eskimoslar tahqirlanmasligi uchun Eskimo Pie deserti nomini o‘zgartirishga qaror qilgandi.

Bundan tashqari, PepsiCo va Mars kompaniyalari ham o‘z mahsulotlari logotipini o‘zgartirishini e'lon qildi.

Keyingi haftalarda Minneapolisda politsiya qo‘lga olayotganda halok bo‘lgan Jorj Floydning o‘limidan so‘ng irqchilikka qarshi namoyishlar fonida ijtimoiy tarmoqlarda brendlar tez-tez muhokama qilinmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid