Jahon | 18:07 / 20.06.2020
4667
1 daqiqa o‘qiladi

Pekinda bir haftada qariyb 2,3 million kishi koronavirusga testdan o‘tkazildi

40ta turar-joy majmuasi karantinga olingan - aholiga o‘z uylarini tark etish taqiqlandi.

Foto: TASS

Xitoy poytaxti ma'muriyati «Sinfadi» ulgurji bozorida koronavirus infeksiyasi avj olgani tufayli bir hafta ichida qariyb 2,3 million aholini testdan o‘tkazdi. Bu haqda shanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Xitoy Kommunistik partiyasi shahar qo‘mitasining tashviqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Chjan Tsyan ma'lum qildi.

«13 iyun kuni koronavirusning avj olishi va kasallikning tez tarqalishi sababli Pekinda koronavirus nuklein kislotasiga keng miqyosli testdan o‘tkazish boshlandi. 20 iyun kuni soat 06:00 (Toshkent vaqti bilan 02:00) holatiga ko‘ra, 2,3 million kishi testdan o‘tdi», - dedi u.

Rasmiylarga ko‘ra, 40ta turar-joy majmuasi karantinga yopib qo‘yilgan - ularning aholisiga o‘z uylarini tark etish taqiqlandi. So‘nggi bir hafta davomida ma'muriyat testdan o‘tkazishni kuniga 8 mingdan 500 minggacha oshirdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid